Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Xorazmda mahalla va maishiy xizmat ko‘rsatish markazi qurilishi bo‘yicha ishlar davom etmoqda

Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida mahalla va maishiy xizmat ko‘rsatish markazi qurilishi ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Umumiy maydoni 800 m2 ni tashkil etuvchi mazkur binoda mahalliy aholi talab va istaklaridan kelib chiqib, shuningdek MFY ixtisoslashuvi bo‘yicha turli xizmat ko‘rsatish obyektlari, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘limlar joylashadi.

Pudratchi tashkilot “Botir texnik” MChJ tomonidan joriy yilning iyun oyida qurilishi boshlangan obyektning bugungi kunda 3 qavati ko‘tarilib, binoning ustki qishmini yopish, tashqi va ichki qismlarida qurilish ishlari davom etmoqda.

extra image extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish