Yangiliklar
ITB loyihasining B komponenti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Islom taraqqiyot banki va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi hamkorlikdagi faoliyati doirasida qoʻshimcha maqsadli jamoalarni qamrab olish zaruratidan kelib chiqqan holda “Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish: muhandislik xizmatlari va infratuzilmani boshqarish salohiyatini oshirish” Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlarida ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va genderga bog‘liq jamiyatlarni rivojlantirish rejalarini (CDP) ishlab chiqish ehtiyojlarini o‘rganish bo‘yicha maqsadli jamoalarda keng safarbarlikka asoslangan hududlarda qo‘shimcha seminarlar rejalashtirilgan edi.
Shu kabi tadbirlar Buxoro viloyatiVobkent tumanida ham boshlanib, unda bevosita OAV vakillari – TV muxbirlari va internert nashriyotlari muharrirlari ishtirik etishdi. Press tur davomida jurnalistlar aholi fikri va kayfiyati bilan qiziqdi.
Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 sentyabrdagi PQ-5246-sonli “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga Islom taraqqiyot banki bilan umumiy loyihalar portfelimiz 2,5 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. Bular infratuzilma, uy-joy qurilishi, energetika, qishloq hududlarini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, taʼlim, suv xo‘jaligi kabi ustuvor sohalarni qamrab olgan.