Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Oʻzbekiston qishloq jamoalari tomonidan qoʻllab- quvvatlanayotgan infratuzilmaga investitsiyalar ayollar va bolalarga foyda keltirmoqda

37 millionlik Oʻzbekiston aholisining deyarli yarmi qishloq joylarida yashaydi. Qishloq jamoalarida aholining toza ichimlik suvi, sifatli sogʻliqni saqlash va taʻlim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga egaligi ehtimoli kamroq. Bunday tengsizlik butun mamlakat boʻylab millionlab odamlarning farovonligiga tahdid soladi, va bundan ayollar hamda bolalar koʻproq jabr koʻrishadi.

Masalan, 2023-yilda Oʻzbekistonda ayollarning mehnat bozori tarkibidagi ishtiroki darajasi erkaklar ishtiroki darajasidan pastroqligi 30 foizdan oshiq boʻlgan. Suv, elektr energiyasi, maktabgacha taʻlim kabi davlat xizmatlari taʻminotining yoʻqligi ayollarga, ayniqsa, chekka va qishloq joylarda yashovchi ayollarga, yukni oshirib, ularning iqtisodiy hayotdagi ishtirokini cheklamoqda. 2022-yilda mehnatga layoqatli yoshdagi ishsiz ayollarning 75 foizi uy ishlarini yuritish boʻyicha majburiyatlarini rasmiy ishda band boʻlmaganining sababi sifatida koʻrsatgan.

Bundan tashqari, 2017-yildan buyon erta yoshdagi bolalarni parvarish qilish va taʻlim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida sezilarli yutuqlarga erishilganiga qaramay, 2022-yilda Oʻzbekiston qishloq joylaridagi bolalarning atigi 42 foizi, maktabgacha taʻlim imkoniyatiga ega boʻlishgan, qachonki, shahar rayonlaridagi bolalarning 51 foizi bunday imkoniyatdan foydalana olishgan. Shu bilan birga, ushbu bolalarni maktabgacha taʻlim bilan qamrab olishda hududlar orasida ham sezilarli farqlar koʻzga tashlanardi.

Shahar va qishloq joylari oʻrtasidagi ushbu farq tengsizlikni kuchaytiradi va Oʻzbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun mamlakatda qishloq rayonlarini rivojlantirishning moslashuvchan va mahalliy aholining keng ishtirokiga asoslangan modeli joriy etilmoqda. Bu barcha fuqarolar uchun yanada inklyuziv va barqaror kelajak qurishda yordam beradi.

Qishloq joylarida oʻzgarishlar uchun koʻproq imkoniyatlar

Andijon, Fargʻona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining togʻli hududlaridagi 306 ta chekka qishloqlarida aholi Oʻzbekiston uchun noyob boʻlgan qishloqlarni rivojlantirish dasturida faol ishtirok etmoqda. Jahon banki va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi (RIDP) koʻmagida mahalliy hamjamiyat oʻz qishloqlarida qaysi asosiy infratuzilma obyektlarini birinchi navbatda rekonstruksiya qilish yoki noldan boshlab qurish zarurligini birgalikda hal qiladi. Ushbu obyektlarga taʻlim va tibbiyot muassasalari, elektr va suv taʻminoti tizimlari, koʻpriklar va ichki yoʻllar kiradi.

Qarorlarni qabul qilish jarayoni mahallalar taraqqiyoti guruhlari (MTG) saʻy-harakatlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu guruhlar mahalliy faollardan tashkil topgan boʻlib, RIDP loyihasi bilan qamrab olingan qishloqlar barcha aholisining vakillik organi hisoblanadi. Ushbu guruhlar aʻzolarining kamida 50 foizini ayollar tashkil etadi. MTG aholi punktlari uchun tegishli infratuzilma obyektlarining ustuvorligini aniqlashda mahalliy aholining istaklarini inobatga oladi. Ular mazkur obyektlar boʻyicha jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish va ovoz yigʻish, aholi tomonidan maʻqullangan infratuzilma obyektlarini qurish yoki rekonstruksiya qilishni rejalashtirish hamda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilayotgan ishlarni nazorat qilish uchun javobgardir.

Rural infrastructure development projectOʻzbekistonning Andijon viloyati Uzumzor qishlogʻidagi MTG faollari mahalliy koʻchalar  qiyofasini oʻzgartirgan ichki yoʻllarni asfaltlash ishlari natijalarini muhokama qilmoqda.

 

Bunday yondashuv afzal natijalarga olib keladi, chunki cheklangan davlat moliyaviy resurslari eng koʻp talab qilinadigan infratuzilma obyektlariga, shu jumladan, anʻanaviy zaif guruhlar - ayollar va bolalar muhtoj boʻlgan obyektlarga sarflanadi. Qishloq aholisi oʻz aholi punktlarini rivojlantirishda ishtirok etish uchun koʻproq imkoniyatlarga ega boʻlishadi va mahalliy infratuzilma uchun katta masʻuliyatni his qilishadi. Xalqaro tajriba shuni koʻrsatadiki, bu tegishli infratuzilma obyektlaridan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish samaradorligini oshiradi.

Qishloq hamjamiyati aholi punktlari qiyofasini oʻzgartirishga hissa qoʻshayotgan oʻzlarining MTG faoliyatini yuqori darajada baholamoqdalar. RIDP loyihasi doirasida qamrab olingan qishloqlarda har olti oyda bir marta oʻtkaziladigan, yaqinda boʻlib oʻtgan navbatdagi ijtimoiy auditda 185 ta qishloq jamoalaridan 32 mingdan ortiq ayollar (barcha audit ishtirokchilarining 47 foizi) ishtirok etdilar. Ular deyarli bir ovozdan (99 foiz) ushbu qishloqlar uchun MTG tomonidan ustuvor sifatida belgilangan infratuzilma sub-loyihalari ularning ehtiyojlariga toʻliq javob berishini taʻkidladilar.

Tinchlik qishlogʻidagi 650 nafar maktab oʻquvchilari uchun taʻlim infratuzilmasiga investitsiyalar

Mahalliy qishloq jamoalari tomonidan amalga oshirilayotgan infratuzilma investitsiyalari qishloq aholisi hayotining turli sohalarini, jumladan taʻlimni, yaxshilashga sezilarli taʻsir koʻrsatadi. Xususan, RIDP loyihasi doirasida tegishli qishloqlar aholisi loyiha mablagʻlarini 79 ta qishloq maktabi va maktabgacha taʻlim muassasalarini qurish va rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirish boʻyicha qaror qabul qildilar. Bu mahalliy bolalarning, ayniqsa, qizlarning taʻlim olish imkoniyatini sezilarli darajada oshirdi.

Masalan, Namangan viloyati Chust tumani Tinchlik qishlogʻidagi 560 ga yaqin uy xoʻjaliklari loyiha mablagʻlarini mahalliy 12-sonli umumtaʻlim maktabini rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirish uchun ovoz berishdi. Ushbu maktabdagi oxirgi kapital taʻmirlash ishlari 1967-yilda olib borilgan.

Oʻninchi sinf oʻquvchisi Zarina ushbu maktabning rekonstruksiyadan oldingi sharoitini quyidagicha eslaydi: “Avvallari sinfdoshlarim va ustozlarimiz bilan kuz-qish mavsumida katta qiyinchiliklarni boshdan kechirardik. Biz issiq kiyimlarimizni kiygan holda isitilmaydigan va zax sinflarda dars oʻtishga majbur boʻlardik. Elektr ham muntazam ravishda uzilib turardi. Bu bizning sogʻligʻimizga, bilim olishimizga va maktabga borish istagimizga salbiy taʻsir koʻrsatardi”.

Rural infrastructure development project

Tinchlik qishlogʻidagi 12-sonli umumtaʻlim maktabida modernizatsiya qilingan isitish tizimi sinf xonalarida qulay harorat va shinamlik yaratib, taʻlim muhitini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.

 

2023-yil avgust oyida rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Maktabda yangi isitish, elektr taʻminoti va ventilatsiya tizimlari oʻrnatildi. Ushbu oʻzgarishlar xonalarni bolalarning taʻlim olishi uchun xavfsizroq va qulayroq qildi. Endilikda 22 ta sinf xonasi quyosh panellari yordamida yil davomida barqaror elektr energiyasi bilan taʻminlamoqda. Yangi isitish qozoni ilgari maktab hududi va uning atrofidagi havoni ifloslantirgan koʻmir tutunini yoʻq qilishga imkon berdi.

Maktab yaqinida oʻrnatilgan drenaj tizimi avvallari oʻquvchilar salomatligi bilan bogʻliq muammolarga sabab boʻlgan zaxlikni kamaytirishga yordam berdi. Issiq va sovuq suv taʻminoti, hojatxonalar va ovqatlanish xonasi endi sanitariya-gigiyena talablariga javob beradi. Farzandlarimiz har kuni yangi asfalt yoʻli boʻylab maktabga boradi”, — deydi mahalliy MTG faoli Gulchehra Nurmatova. “Bu oʻzgarishlarning barchasi qishloq aholisining maktabni rekonstruksiya qilishga loyiha mablagʻlarini investitsiya qilish haqidagi qarori toʻgʻri boʻlganini tasdiqlaydi”.

Rural infrastructure development projectTinchlik qishlogʻidagi 12-sonli maktabning keng, yorugʻ sinf xonalari yangi mebel, proyektor va  boshqa zarur oʻquv qurollari bilan jihozlangan.

 

Binoning modernizatsiya qilinishi natijasida maktabdagi oʻquv oʻrinlari soni 519 tadan 650 taga koʻpaydi. Ilgari farzandlarini shaharga oʻqishga yuborishni oʻylagan ota-onalar endilikda mazkur taʻlim muassasasining mahalliy maktab oʻquvchilarini yaxshiroq taʻlim bilan taʻminlash qobiliyatiga katta ishonchni namoyish qilmoqdalar.

Yangi infratuzilma obyektlari yuz minglab qishloq aholisining yashash sharoitini yaxshilamoqda

Tinchlik qishlogʻidagi rekonstruksiya qilingan maktab — RIDP loyihasi Oʻzbekiston qishloqlari hayotini qanday oʻzgartirayotganiga oid yuzlab misollardan biri, xolos.

Ayni vaqtda mazkur loyihada ishtirok etayotgan qishloqlar loyiha mablagʻlarini 430 ta infratuzilma obyektini rekonstruksiya qilish va qurish uchun investitsiya kiritishga muvaffaq boʻldilar. 5 ta tibbiyot muassasasi, 7 ta koʻprik, 25 ta bolalar bogʻchasi, 54 ta oʻrta maktab, 75 ta elektr taʻminoti tizimi, 127 ta suv taʻminoti tizimi, 136 ta ichki yoʻllar shular jumlasidandir. shular jumlasidandir. Ushbu inshootlar qishloq aholisining asosiy davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirdi, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini yaxshiladi va tegishli aholi punktlarida turmush darajasini oshirdi.

Qishloq infratuzilmasining rivojlanishi 426 mingdan ortiq aholi hayotiga ijobiy taʻsir koʻrsatdi, ularning yarmidan koʻpi – ayollar. RIDP loyihasi tugallangach, 2025-yilga kelib benefisiarlar soni ikki baravar oshishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston hukumati, Jahon banki va OIIBning hamkorlikdagi saʻy-harakatlari asosiy infratuzilmaga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga yordam berish, hududlararo tafovutni qisqartirish va mamlakat fuqarolari farovonligini oshirish uchun teng sharoitlar yaratish orqali qishloq jamoalarining imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

Rural infrastructure development projectOʻquvchi qizlar tinchlik qishlogʻidagi 12-sonli oʻrta maktabning yangi kompyuter sinfida vazifa bajarmoqdalar. Maktab taʻmirlangandan soʻng, ayniqsa, qizlar orasida davomat koʻtarildi. 

Manba: Jahon banki rasmiy sayti

Yuborish Ulashish