Yangiliklar
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi va BMTTD xodimlari ishtirokida Turkiyaning Istanbul shahrida trening tashkil etildi.
Unda ishtirokchilar tomonidan barqaror qishloq infratuzilmasi uchun yangi strategiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish, loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi kadrlar salohiyatini oshirish, loyihalash va qurilishdagi eng yaxshi tajribalar bilan tanishish, subloyihalarni sifatli qilib tayyorlashda ahamiyat qaratiladigan jihatlar kabi mavzular o‘rganilishi kutilmoqda.