Yangiliklar
Joriy yilning 4-6-sentyabr kunlari Samarqand shahrida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasi doirasida jamoa safarbarligi tadbirlarini tashkil qilish yuzasidan navbatdagi trening o‘tkazilmoqda. Unda Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda subloyihalarni shakllantiruvchi BMT TD fasilitatorlari hamda loyihani amalga oshirish guruhi xodimlari ishtirok etishmoqda.
Treningda ishtirokchilar barqaror rivojlanish maqsadlari va “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi haqidagi umumiy ma’lumotlar bilan birga aholi bilan muloqotda qo‘l keladigan amaliy ko‘nikmalar, aholi ehtiyojlarini baholashda ahamiyat qaratiladigan jihatlar, qiziqali taklif-mulohazalar bo‘yicha ham fikr almashishdi.