Yangiliklar
Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Miraki” dam olish maskanida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida yozgi maktab o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandik.
Tashabbuskor guruh vakillari uchun tashkil qilingan mazkur yozgi maktabning 3-kunida ishtirokchilar mahallada ishlashda yuzaga keladigan muammolarni yechish, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik infratuzilma loyihalarini shakllantirish, jamoaviy loyihalarni rejalashtirish va ularning taqdimotini o‘tkazish jihatlar bo‘yicha ma’lumotlar oldilar.
Mashg‘ulotlar davomida qatnashchilar nazariy bilimlar olish bilan birga turli jamoaviy o‘yinlar, qiziqarli savol-javoblar hamda amaliy topshiriqlarda ham faol ishtirok etishdi.
Trening yakunida ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan sertifikatlar topshirildi.