Gerb
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI
BIRLASHTIRILGAN LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH GURUHI
Ma‘lumot uchun
+99871 207-84-07
Ishonch telefoni
+99877 363-37-35

Yangiliklar

uzrd news image

Mahalla tashabbuskor guruhi vakillari uchun seminarlar tashkil qilindi

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi qamrab oladigan 4 ta hudud – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi mahallalarning tashabbuskor guruhlari vakillari uchun yozgi maktab tashkil qilindi.

Tashabbuskor guruh – mahalliy jamoa orasidan aholi tomonidan tanlangan faol aholi vakillaridan tuzilgan ijtimoiy guruhdir va uning maqsadi mahallaning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik rivojlanishi rejasini ishlab chiqishdir. Tashabbuskor guruh vakillari ko‘ngillilik asosida ish olib boradi va ularga ish haqi to‘lanmaydi.

BMT TD tashabbusi bilan tashkil qilingan 3 kunlik mashg‘ulotlar davomida hududlardan kelgan vakillar investitsion loyihalarni amalga oshirishning ahamiyati, Mahallada mavjud muammolarni aniqlash va ustuvor yo‘nalishlarida aholiga ko‘maklashish bo‘yicha tadbirkorlik ko‘nikmalarini kengaytirish, aholi o‘rtasida xabardorlikni oshirish tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek, mahalliy hokimiyat vakillari bilan biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish va boshqa qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lishadi.

Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi tashabbuskor guruhining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash va ustuvorligini belgilashda aholiga ko‘maklashish;
  • Aniqlangan muammolarni joyiga chiqib o‘rganishda qatnashish;
  • Mahallada aniqlangan muammolarga aholining takliflarini va mavjud imkoniyatlarni inobatga olgan holda yechim yo‘llarini taklif qilish;
  • Mahallani rivojlantirish rejasi (MRR) ni ishlab chiqish va har yili yangilash;
  • MRR ni aholi, mahalliy hukumat organlari, mutasaddi tashkilotlar va donorlarga taqdimotini qilish;
  • MRR doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida aholini xabardor qilish;
  • MRR doirasida mahallada olib borilayotgan loyihalarni amalga oshirish jarayonida jamoatchilik nazoratini olib borish;
  • MRR dagi muammolar yechimlarini moliyalashtirish manbaalarini aniqlash va ularga ariza taqdim etish.

Qayd etib o‘tish joizki, tashabbuskor guruh a’zolari, mahalla faollarining yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi va bayonnoma bilan hujjatlashtiriladi.

Tashabbuskor guruhga saylanadigan a’zolar quyidagi me’zonlarga javob berishi kerak:

  • Ushbu mahallada doimiy istiqomat qilishi;
  • 18 yoshdan katta bo‘lishi;
  • Tashabbuskor guruhining a’zosi bo‘lishiga roziligi;
  • Mahallada faol, jonkuyar va hurmatga ega bo‘lishi.

Tashabbuskor guruhni tashkil etishda quyidagilarga e’tibor qilish kerak:

  • Asosiy aholi punkti (qishloq, ovul yoki ko‘cha) vakillarini kiritilishi;
  • Tashabbuskor guruhda ayollar 30% dan ko‘p bo‘lishi;
  • Ijtimoiy sohada faoliyat yuritadigan MFY vakillarini kiritilishi (ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqalar);
  • Turli yoshdagi vakillar (18-35 yosh) kiritilishi;
  • Biznes soha vakillarini (fermer, tadbirkor va hokazolar) kiritilishi;
  • Tashabbuskor guruhining rahbari va o‘rinbosarini saylashda biri erkak kishi, ikkinchisi esa ayol kishi bo‘lishi kerak.

extra image extra image extra image extra image extra image extra image

Yuborish Ulashish