Yangiliklar
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida “Renardet S.A. & Partners Consulting Engineers” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan qurilish ishlarida xarid jarayonlari bo‘yicha seminar tashkil qilindi.
Unda BLAOGning Buxoro va Navoiydagi hududiy xodimlari, viloyatlar hokimliklari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasidan hamda “Qishloq qurilish loyiha” kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi.
Qatnashchilar qurilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, moliyaviy boshqaruvning va baholashning asosiy tushunchalari bo‘yicha xorijiy ekspertlardan bilimlar oldilar.
“Renardet S.A. & Partners Consulting Engineers” – loyiha doirasida texnik tahlil va shartnomalarni boshqarishda ko‘mak xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xorijiy konsultant hisoblanadi.