Yangiliklar
“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida BMT TD tashabbusi bilan loyihada ishtirok etuvchi tumanlar axborot xizmatlari rahbarlari uchun treninglar tashkil etilgani haqida xabar bergandik. Ana shunday seminarlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati tuman matbuot kotiblari ishtirokida ham bo‘lib o‘tdi.
Xorazm viloyati, Gurlan, Bog‘ot, Urganch, Hazorasp, Hazorasp, Xonqa, Yangibozor, Nukus, Taxiatosh, Beruniy, Ellikqal’a, Amudaryo va To‘rtko‘l tumanlaridan taklif etilgan mutaxassislar axborot janrlari va ijtimoiy tarmoqlar uchun fotosuratga olish, ularni tanlash, fotosuratlarni tahrirlash va turli dasturlardan foydalanish bo‘yicha bilimlarini oshirishdi. Treninglarning dastlabki kuni nazariy mashg‘ulotlar bilan o‘tgan bo‘lsa, ikkinchi kunda ishtirokchilar bevosita olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashdi.
Seminarlar orqali yig‘ilganlar jamoatchilik bilan aloqalar, “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida qo‘shimcha ma’lumotlar olishlari bilan birga netvorking, ekologik muammolarga jurnalistikaning ta’siri kabi yo‘nalishlarda ham mulohazalar olib borishdi.