F.A.Q
O'zingizga kerakli javobni topmadingizmi? Biz bilan bog'laning.
Loyiha harakatlari qishloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish orqali aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan.
Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi (46 ta MFY), Xorazm (49 ta MFY), Buxoro (41 ta MFY) va Navoiy (34 ta MFY) viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY (40 ta markaziy, 130 ta yondosh mahalla)larda amalga oshiriladi. Bunda, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ko‘zda tutilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, ITB va OPEK kreditlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Mazkur loyiha doirasida 2021-2022 yillar davomida 113 ta MFYda jamoa safarbarlik ishlari yakunlanib, birlamchi va dolzarb bo‘lgan subloyihalar shakllantirildi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro viloyatida, Navoiy viloyatida va Xorazm viloyatida jami 170 ta (40 ta markaziy va 130 ta yondosh) subloyihalar tanlab olindi.
Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi hamkorligida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasining pirovard maqsadi – davlatimiz va jamiyatimizning barcha soha va yo‘nalishlarida “Inson qadri uchun” g‘oyasini hayotga tadbiq etishni ko‘zda tutadi.