Korrupsiyaga qarshi kurashish
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini mustahkamlash, bu yo‘nalishda samarali faoliyatni tashkil etish hamisha hukumat diqqat markazida. Shundan kelib chiqqan holda, qator normativ hujjatlar qabul qilingan. Xususan quyidagi hujjatlar mamlakatda qonuniy faoliyat olib borish va korrupsiyaga qarshi kurashish uchun asosiy yo‘nalishlarni belgilab beradi:
- 2008-yil 7-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasining “Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni;
- 2016-yil 3-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni;
- 2019-yil 27-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni;
- 2021-yil 6-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori;
- 2021-yil 18-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasining "O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni;
- 2022-yil 12-yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori;
-2023-yil 10-iyuldagi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 85-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini belgilash to‘g‘risida"gi buyrug‘i;
- 2023-yil 10-iyuldagi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 129-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi buyrug'i.